Yangi loyihalar uchun ochiq
Ozodbek Zayniddinov
Fullstack dasturchi · Kiberxavfsizlik
Telegram botlar, API servislar va avtomatlashtirilgan tizimlar quraman — keyin ularni o‘zim buzib ko‘raman.
Kod yozaman. Keyin uni buzib ko‘raman.
Men Ozodbek — web dasturlash va kiberxavfsizlik yo‘nalishida ishlaydigan mustaqil dasturchiman. Telegram botlar, API servislar, web ilovalar va avtomatlashtirilgan tizimlarni noldan ishga tushirishgacha olib boraman.
Har bir tizimni hujumchi ko‘zi bilan ham tekshiraman: xavfsizlik ish oxirida qo‘shiladigan qatlam emas, birinchi qatordan boshlanadi. @uzcodingblog kanalida esa real tajribadan kod namunalari va maslahatlar bilan bo‘lishaman.
- Joylashuv
- Toshkent, O‘zbekiston
- Asosiy stek
- PHP · Laravel · Python
- Ma’lumotlar
- MySQL · Redis
- Infratuzilma
- Docker · WebSocket · Linux
- Xavfsizlik
- Audit · Hardening
Ishlab chiqilgan mahsulotlar
Har biri real foydalanuvchilar uchun qurilgan — ba’zilari ishlayapti, ba’zilari hali qurilmoqda.
- 01
DevPanel
Dasturlash bilimisiz Telegram bot va veb-sayt yasash imkonini beruvchi bepul platforma.
- 02
Bedor AI
Telegramda sun’iy intellekt yordamida mijozlarga to‘liq avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish tizimi.
- 03
Yuksal AI
Mashq jadvali va ovqatlanish me’yorlarini tuzib beruvchi AI murabbiy bot.
- 04
Shu shahar
Siz hozir ichida turgan portfolio: Three.js, maxsus shaderlar va 3 tilli statik sayt.
- 05
Maqolalar
Dasturlash va kiberxavfsizlikka oid maqolalar joylanadigan sayt.
- 06
API to‘plami
Dasturchilar bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan API’lar to‘plami.
Nima bilan yordam bera olaman
To‘rtta minora — to‘rtta yo‘nalish. Har biri boshidan oxirigacha.
- 01
Web dasturlash
Tez ochiladigan, ishonchli web sayt va ilovalar — dizayndan serverga joylashgacha.
Laravel · JS · MySQL
- 02
Telegram botlar
Biznes jarayonlarini avtomatlashtiradigan, murakkab logikali botlar va to‘lov integratsiyalari.
Python · PHP · Bot API
- 03
API integratsiya
Turli tizimlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi: REST API, webhooklar, real vaqt kanallari.
REST · WebSocket · Redis
- 04
Kiberxavfsizlik
Sayt va serverlarni xavfsizlik auditidan o‘tkazish, zaifliklarni topish va tizimni mustahkamlash.
Audit · Hardening · Linux
Keling, birga quramiz
Loyihangiz yoki savolingiz bormi? Yozing — xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga keladi va o‘zim javob beraman.